
Bugun, 5-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da BAA va O‘zbekiston terma jamoalari 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida maydonga tushadi. 3-bosqich A guruhida bu o‘yin har ikki jamoa uchun hal qiluvchi bahs hisoblanadi. Hozircha O‘zbekiston 17 ochko bilan 2-o‘rinda, BAA esa 13 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Guruhda Eron 20 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.
Shu sababli bugungi bahs nafaqat tur jadvalini, balki keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini ham aniqlab beradi. Ushbu uchrashuvni jonli tomosha qiling va jamoangizni qo‘llab-quvvatlang!
Jonli efirni ko'rish “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 