date
views 3 190

BAA – O‘zbekiston: tarixiy bahsga tarkib e’lon qilindi

BAA – O‘zbekiston: tarixiy bahsga tarkib e’lon qilindi
Bugun futbolimiz uchun naqd tarix yaratiladigan kun. Jahon chempionati–2026 3-saralash bosqichidan o‘rin olgan hal qiluvchi to‘qnashuv — BAA va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qoldi. Bellashuv Abu-Dabidagi “Al Nahayyon” stadionida soat 21:00 da start oladi.

“A” guruhi doirasidagi bu 9-tur uchrashuvi O‘zbekiston uchun juda katta ahamiyatga ega. Durang yoki g‘alaba — bu Jahon chempionati yo‘llanmasi demakdir. Shu bois maydondagi har bir harakat, har bir qaror tarixiy mazmunga ega bo‘ladi.

Bellashuvni elita darajasidagi hakamlar boshqaradi

Uchrashuvda adolatni ta’minlash vazifasi Avstraliyalik elita hakamlar brigadasi zimmasiga yuklatilgan:

Bosh hakam: Shon Evans
Qanot hakamlari: Jorj Lakrindis, Ouen Goldrik
To‘rtinchi hakam: Jonatan Barreyro
VARda: Aleksandr King

Avstraliya futbol uyushmasining tajribali va xalqaro tan olingan hakamlari bellashuvning yuqori saviyada o‘tishiga kafolat bo‘ladi.

O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibi:

Darvozabon: 1. O‘tkir Yusupov
Himoyachilar: 2. Abduqodir Husanov, 3. Hojiakbar Alijonov, 4. Farruh Sayfiyev, 5. Rustam Ashurmatov, 23. Husniddin Aliqulov
Yarim himoyachilar: 7. Otabek Shukurov, 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov, 11. Oston O‘runov
Hujumchi: 14. Eldor Shomurodov

Bosh murabbiy: Timur Kapadze

Zaxiradagi kuchlar:
Tarkibda katta salohiyatga ega, istalgan vaqtda o‘yinga ta’sir ko‘rsata oladigan futbolchilar ham bor:

Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov, Botirali Ergashev.

Himoya va yarim himoyachilar: Akmal Mozgovoy, Sherzod Nasrullayev, Umar Eshmurodov, Jamshid Iskanderov, Abdurauf Bo‘riyev

Hujumchi va universal o‘yinchilar: Abdulla Abdullayev, Azizbek Turg‘unboyev, Hojimat Erkinov, Abbos Fayzullayev, Igor Sergeyev

O‘zbekiston milliy terma jamoasi butun xalq, millionlab muxlislar ishonchi va orzusi bilan Abu-Dabi maydonida tarix uchun kurashadi. Bu nafaqat o‘yin, balki butun bir avlod intizorlik bilan kutgan imkoniyat — Jahon chempionati sari yo‘l.

Hozir eng muhim narsa — birdamlik, ishonch va maydonda tinimsiz kurash. Olg‘a, “Oq bo‘rilar”!
Yo‘llanma bizni kutyapti!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » BAA – O‘zbekiston: tarixiy bahsga tarkib e’lon qilindi