date
views 3 226

Mbappe Fransiya terma jamoasida yangi tarix yozdi

Mbappe Fransiya terma jamoasida yangi tarix yozdi
Kylian Mbappe Fransiya terma jamoasida golli uzatmalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi, deb euro-football.ru xabar berdi.

Millatlar Ligasi doirasidagi Ispaniyaga qarshi o‘yinda Fransiya mag‘lub bo‘ldi, biroq Mbappe Cherkiga bergan golli pas orqali milliy jamoadagi uzatmalar sonini 31 taga yetkazdi. Bu Fransiya terma jamoasi tarixidagi yangi rekorddir.

Avvalgi rekord 30 ta golli pas bilan Antoine Griezmann’ga tegishli edi. U hanuzgacha terma jamoada o‘ynamoqda.

Mbappe 2017 yildan buyon Fransiya terma jamoasida o‘ynab kelmoqda va 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida jamoa bilan g‘olib chiqqan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe Fransiya terma jamoasida yangi tarix yozdi