
Millatlar Ligasi finali arafasida Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Ispaniyaning yosh yulduzi Lamin Yamal bilan bo‘ladigan to‘qnashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 40 yoshli hujumchi bu uchrashuvda shaxsiy emas, jamoaviy raqobat asosiy o‘rinda turishini ta’kidladi.
"Biz ikki turli avlodmiz. Birimiz — yo‘lning boshida, ikkinchimiz — oxiriga yaqinlashmoqda. Yamalni menga emas, balki Vitinyaga qiyoslash to‘g‘ri bo‘ladi. Shaxsiy raqobatga emas, jamoa o‘yiniga e’tibor qaratish kerak", — dedi Ronaldu o‘yinoldi matbuot anjumanida.
U shuningdek, ommaviy axborot vositalari tomonidan bunday taqqoslashlar qilinishini tabiiy holat sifatida qabul qilishi, tanqidni ham oson qabul qilishini bildirdi.
"Matbuot bunday uchrashuvlarni qizitishi — tabiiy hol. Bu futbolning bir qismi. Lekin barcha e’tibor jamoaviy harakatlarga qaratilishi lozim. Eng muhimi, Portugaliya o‘z o‘yinini ko‘rsatishi va, ehtimol, hozirda dunyodagi eng kuchli jamoani mag‘lub etishi bo‘ladi", — deya qo‘shimcha qildi tajribali forvard.
Mavsumni Saudiya Arabistonida yuqori sport formasida o‘tkazgan Ronaldu hozirda ham terma jamoa yetakchisi sifatida muhim rol o‘ynamoqda. Uning fikrlari futbol dunyosida katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Aytish kerakki, Lamin Yamal bu mavsumda "Barselona"dagi o‘yini va Ispaniya termasiga kirib kelish sur’ati bilan barcha diqqat markazida. Millatlar Ligasining hal qiluvchi bahsi esa bu ikki yulduzning o‘zaro yuzma-yuz to‘qnashuvi sifatida ham yodda qolishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar