PSJ hujumchisi Dembele jarohat tufayli maydonga tusha olmaydi

PSJ hujumchisi Dembele jarohat tufayli maydonga tusha olmaydi
PSJ hujumchisi Usmon Dembele Millatlar ligasida Ispaniyaga qarshi Fransiya safida o‘ynagan so‘nggi o‘yinda sonidan jarohat oldi, deb Euro-football.ru xabar berdi. RMC Sport xabariga ko‘ra, u to‘liq tiklanishi uchun taxminan ikki-uch hafta vaqt talab etiladi.

Shu sababli, Dembele kamida klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichini o‘tkazib yuboradi. Bu bosqichda PSJning raqiblari quyidagilar:
. Atletiko (15 iyun)
. Botafogo (20 iyun)
. Sietl Saunders (23 iyun)

Eslatib o‘tamiz, Fransiya Ispaniyaga 4:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Endilikda Didye Desham jamoasi Millatlar ligasining uchinchi o‘rin uchun Germaniyaga qarshi o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uchrashuv yakshanba kuni, 8 iyunga belgilangan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar