date
views 463

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi: Ronaldu futbol afsonasi, unga hurmatim baland

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi: Ronaldu futbol afsonasi, unga hurmatim baland
Bugun tunda futbol muxlislarini Millatlar ligasi finalidagi yuqori darajadagi to‘qnashuv kutib turibdi — Ispaniya va Portugaliya terma jamoalari chempionlik uchun maydonga tushishadi. Bellashuv oldidan Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente matbuot anjumanida ishtirok etib, raqib jamoaning sardori Krishtianu Ronaldu haqida samimiy fikrlar bildirdi.

Taniqli murabbiy Ronalduni nafaqat futbol afsonasi, balki sportdagi chin insoniy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi shaxs sifatida ta’rifladi:

“Men doimo men uchun qadrli bo‘lgan insonlardan kelgan e’tirof va ehtiromni yuragim bilan his qilganman. Krishtianuning so‘zlarini juda qadrlayman. O‘z navbatida, men ham unga chuqur hurmatimni bildiraman. U butun dunyo futbol jamoatchiligi uchun ibrat namunasidir.”

De la Fuentega ko‘ra, Ronaldu nafaqat Portugaliyaning sharafini munosib himoya qilib kelayotgan futbolchi, balki “tarixda iz qoldirgan shaxs” hisoblanadi. Uning ta’kidlashicha, shunday ulkan shaxs yetakchiligidagi jamoaga qarshi o‘ynash — har qanday murabbiy uchun faxr.

Ma’lumki, Krishtianu Ronaldu avvalroq o‘z intervyularidan birida Ispaniya terma jamoasini dunyodagi eng kuchli jamoalardan biri sifatida tilga olgan edi. Demak, bu o‘zaro hurmat ikki tomonlama.

Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi. Final doirasidagi bu to‘qnashuv nafaqat chempionlik masalasini hal qiladi, balki Iberiya yarimorolining ikki grand futbol maktabi o‘rtasidagi navbatdagi tarixiy sahifani yaratadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi: Ronaldu futbol afsonasi, unga hurmatim baland