date
views 47

"Manchester Siti" Reyndrsni qo‘lga kiritdi: 70 millionlik transfer yakunlandi

"Manchester Siti" Reyndrsni qo‘lga kiritdi: 70 millionlik transfer yakunlandi
Teyani Reyndrs "Manchester Siti" bilan shartnoma imzolash arafasida: barcha testlar ortda qoldi.

"Manchester Siti" o‘z safini yana bir mahoratli yarim himoyachi bilan to‘ldirish arafasida. Yevropa futbolida tobora nom chiqarayotgan niderlandiyalik iste’dod Teyani Reyndrs allaqachon ingliz klubi uchun tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi, deb xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano.

Avvalroq xabar qilinganidek, "shaxarliklar" 25 yoshli futbolchini Italiyaning "Milan" jamoasidan 70 million yevroga (shu jumladan bonuslar) sotib olish borasida kelishuvga erishgan.

A Seriyaning o‘tgan mavsumida Reyndrs "Milan" safida 37 ta o‘yinda ishtirok etdi va jamoasi uchun muhim figuraga aylandi. Uning faoliyati davomida jamoasiga 10 ta gol va 4 ta assist bilan hissa qo‘shgani qayd etilgan. Universal pozitsiyada o‘ynay olishi, yuqori texnik mahorati va maydonni yaxshi ko‘ra olishi tufayli u Gvardiolaning taktik rejalari uchun juda mos keladi.

"Manchester Siti" jamoasi uchun bu transfer juda ahamiyatli hisoblanadi. Sababi klub jahon darajasidagi futbolchilar bilan tarkibni yanada mustahkamlashga intilmoqda. Reyndrs esa jamoaning markaziy zonasida raqobatni oshirishi va o‘zining intellektual o‘yini bilan yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.

Transfer rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tib bo‘lingani bu kelishuv yaqin kunlarda rasmiylashtirilishini anglatadi. Bu yangilik "Siti" ishqibozlari uchun yangi mavsum oldidan yaxshi yangilik bo‘ldi.

Teyani Reyndrsning Premer-ligada qanday harakat qilishi, "Manchester Siti"ning yuqori maqsadlariga qanday hissa qo‘shishi futbol jamoatchiligini qiziqtirmoqda. Har holda, uning "Milan"dagi samarali statistikasi va o‘yin uslubi bunga ishonch uyg‘otmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Manchester Siti" Reyndrsni qo‘lga kiritdi: 70 millionlik transfer yakunlandi