date
views 329

Sadio Mane “Al Nassr”ni tark etadimi? Yangi yulduz uchun yo‘l ochilmoqda!

Sadio Mane “Al Nassr”ni tark etadimi? Yangi yulduz uchun yo‘l ochilmoqda!
Saudiya Arabistonining yetakchi jamoalaridan biri — “Al Nassr” yozgi transfer oynasida jiddiy o‘zgarishlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klub senegallik mashhur futbolchi Sadio Manega yangi mavsumda jamoada joy bo‘lmasligi mumkinligini ma’lum qildi.

Bu qaror, avvalambor, jamoaning legionerlar limiti tulib bo‘lgani bilan bog‘liq. “Al Nassr” esa Yevropaning eng iqtidorli yosh futbolchilaridan biri — “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi va Argentina terma jamoasi a’zosi Alexandro Garnachoni o‘z tarkibiga qo‘shib olish niyatida. Ammo bu transferni amalga oshirish uchun avval mavjud legionerlardan biri bilan xayrlashish zarur.

Hozircha tarkibdagi eng ehtimoliy nomzod — aynan 33 yoshli Sadio Mane. U 2023 yilning avgustida jamoaga qo‘shilgan va o‘tgan mavsumda 47 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 14 ta golli pas bilan o‘z hissasini qo‘shgandi. Manening jamoadagi mehnati yetarlicha yuqori baholansa-da, limit sababli klub unga boshqa jamoa qidirishga qaror qilgan.

Ayni paytda senegallik yulduzga Yevropaning bir qator jamoalari, shu jumladan, Turkiya va Qatardan ham qiziqishlar bor. Uning yuqori tajribasi va professionalligi har qanday jamoa uchun boylik sanaladi.

“Al Nassr” esa yangi qon olib kirish orqali jamoani yoshartirish va yanada tezkor o‘yin uslubini yo‘lga qo‘yish niyatida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sadio Mane “Al Nassr”ni tark etadimi? Yangi yulduz uchun yo‘l ochilmoqda!