
UYEFA Millatlar ligasi finalidagi dramatik to‘qnashuvda Ispaniya terma jamoasi penaltilar seriyasida Portugaliyaga yutqazdi. Qizg‘in kechgan bellashuvda hal qiluvchi vaziyatlardan biri Alvaro Morataning zarbasi va Diyegu Koshtaning seyvi bo‘ldi.
Osnoviy vaqt 2:2 hisobi bilan yakunlangan bellashuvning taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi. Qattiq ruhiy bosim ostida amalga oshirilgan zarbalar orasida Morataning uddasidan chiqa olmagan urinshi katta e’tibor markaziga aylandi.
Portugaliya terma jamoasi darvozaboni Diyegu Koshta tajribasini namoyon qilib, Morata yo‘naltirgan zarbani aniq to‘sdi va jamoasi uchun hal qiluvchi seyvni amalga oshirdi. Natijada, penaltilar seriyasi 5:3 hisobida yakunlandi va Portugaliya Millatlar ligasi chempioniga aylandi.
O‘yindan so‘ng Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi matbuot anjumanida mazkur vaziyat bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi:
“Darvozabon Morataning qaysi tomonga tepishini to‘g‘ri taxmin qildi. Har bir futbolchi penalti tepishga tayyor bo‘lmasligi mumkin, lekin bizdagi barcha o‘yinchilar mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istaydi. Alvaro haqiqiy chempion, men undan zarba berishini so‘radim va u rozi bo‘ldi. Achinarliki, u gol ura olmadi, ammo bunday holatlar futbolda uchrab turadi,” — dedi Ispaniya bosh murabbiyi.
Ma’lumki, kechagi bellashuvning 111-daqiqasida murabbiylar shtabi Moratani maydonga tashlab, uni penaltilar seriyasi uchun tayyorlab qo‘ygan edi. U “Galatasaray” hujumchisi Mikel Oyarsabal o‘rnini egalladi. Biroq kutilgan natija ro‘yobga chiqmadi.
Morataning penaltidagi noaniq zarbasi Ispaniya uchun halokatli bo‘ldi. Diyegu Koshtaning salohiyatli harakati esa Portugaliya uchun yangi titul eshigini ochdi.
Futbol muhlislari va tahlilchilar bu vaziyatni ikki tomonlama baholashmoqda — bir tomondan, penalti ura olmagan hujumchi tanqid qilinmoqda, ikkinchi tomondan esa ruhiy bosim, sevgiligi bilan bo‘lgan ommaviy tanqidlar va jamoa yuki Morataning hissiyotlariga jiddiy ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin, degan fikrlar ham ilgari surilmoqda.
Bir narsa aniq: bu final Morataning xotirasida uzoq qoladi. Ammo u futbolchilar singari sinovli vaziyatda qaror qabul qildi va maydonda javobgarlikni zimmasiga oldi — buning o‘zi uning professionalligidan dalolat. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar