
Yevropa futbolida katta ehtimolli transferlardan biri amalga oshishi mumkin. Kataloniyaning “Barselona” klubi va Germaniya terma jamoasi posboni Mark-Andre ter Shtegen faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda mahalliy manbalar xabar tarqatmoqda.
Aniqlashicha, Angliyaning mashhur grand jamoasi — “Manchester Yunayted” “Barsa” darvozaboniga jiddiy qiziqish bildirgan. “Qizil iblislar” hozirda o‘z tarkibidagi asosiy posbon Andre Onananing o‘yinidan to‘liq qoniqmayapti va uni almashtirish uchun bir qator variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Ular orasida aynan Ter Shtegen eng ma’qul nomzod sifatida ajralib turibdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” ham bu transferga qarshi emas. Klub rahbariyati moliyaviy vaziyatni inobatga olgan holda 33 yoshli darvozabon bilan xayrlashishni ko‘rib chiqmoqda. Qizig‘i shundaki, futbolchining o‘zi ham yangi chempionatda o‘zini sinab ko‘rish istagini bildirgan va “Manchester Yunayted”ning qiziqishiga ijobiy munosabat bildirgan.
Ter Shtegen “Barselona” safida 2014 yildan buyon to‘p surmoqda va bu davr mobaynida jamoa bilan bir qator muhim sovrinlarga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, darvozabonning bozor bahosi 12 million yevroga teng.
Agar ushbu transfer amalga oshsa, “Manchester Yunayted” darvozabon masalasida kuchli va tajribali futbolchiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, “Barselona” ham moliyaviy yukini yengillashtirib, tarkibni yangilash uchun yangi imkoniyatga ega bo‘ladi.
Yevropa transfer bozori qizg‘in pallaga kirib borayotgan bir paytda, Ter Shtegenning “Old Trafford”ga yo‘l olishi tomoshabinlar uchun katta kutilma bo‘lishi shubhasiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar