date
views 939

"Real" bayonot berd:i: Aleksandr-Arnold ertaga “Real”da rasman taqdim etiladi

"Real" bayonot berd:i: Aleksandr-Arnold ertaga “Real”da rasman taqdim etiladi
Yevropa futbolidagi navbatdagi guchta transferlardan biri rasman yakunlandi. “Liverpul” tarkibidan ajralgan va erkin agent maqomida qolgan Trent Aleksandr-Arnold endi rasman “Real Madrid” futbolchisiga aylanadi. Madrid klubi rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, yangi himoyachining taqdimot marosimi 12 iyun kuni, Toshkent vaqti bilan 15:30 da “Real Madrid Siti”da bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, klub prezidenti Florentino Peres yangi futbolchini shaxsan kutib oladi va tomonlar rasmiy ravishda olti mavsumlik shartnoma imzolashadi. Ushbu kelishuv natijasida Aleksandr-Arnold kelgusi yillarda “qirollik klubi” tarkibini mustahkamlab berishga harakat qiladi.

Taqdimotdan so‘ng, Trent matbuot markazida ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar oldida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashadi. Bu uchrashuv orqali futbolchi o‘zining yangi jamoaga bo‘lgan intilishlarini ochiq-oydin bayon qilishi kutilmoqda.

26 yoshli angliyalik himoyachi “Liverpul” safida yetuklikka yetib, jahon futbolida o‘z nomini mustahkamlab ulgurgan. Uning “Real” safidagi kelajagi futbol olamida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Arnold jamoaga faqatgina tajriba emas, balki o‘yin uslubini ham boyitishga qodir futbolchi sifatida qaralayotgani shubhasiz.

Yevropa chempionlar ligasi, La Liga va boshqa yirik musobaqalarda g‘alabaga intilgan “Real” uchun bu transfer yana bir muhim strategik qadam bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real" bayonot berd:i: Aleksandr-Arnold ertaga “Real”da rasman taqdim etiladi