
Yevropa futbolidagi yilning eng kutilgan transferlaridan biri amalga oshishi arafasida. “Manchester Siti”ning aql markazi, Belgiya terma jamoasi sardori Kevin de Bryuyne faoliyatida yangi sahifa ochishi mumkin. Sky Sport va bir qator Yevropa nashrlari ma’lumotiga ko‘ra, tajribali yarim himoyachi yaqin kunlarda “Napoli” jamoasi safini to‘ldirishi kutilmoqda.
33 yoshli futbolchi o‘n yil davomida “Manchester Siti” tarkibida mehnat qilib, jamoa tarixidagi eng sermahsul va ta’sirli o‘yinchilardan biriga aylandi. U so‘nggi mavsumda Angliya Premer-ligasida 28 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol va 7 ta golli uzatma bilan jamoasiga muhim hissa qo‘shdi. De Bryuyne hujumdagi yorqin paslari, intellektual harakatlari va katta o‘yin tajribasi bilan millionlab muxlislar qalbidan joy olgan.
Transfer shartlariga ko‘ra, Kevin de Bryuyne “Napoli” bilan “2+1” formatida shartnoma imzolaydi va yiliga 5 million yevro maosh oladi. Belgiyalik yulduz erkin agent sifatida Neapol klubiga o‘tmoqda. Sky Sport xabar qilishicha, de Bryuyne payshanba kuni Rimga yetib kelib, tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng barcha rasmiy hujjatlar imzolanadi.
“Napoli” uchun ushbu transfer jamoa tarixidagi muhim voqealardan biri bo‘lishi mumkin. Italyan grandlaridan biri keyingi mavsumda yangi maqsadlar sari yo‘l olishni, chempionlik uchun kurashni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Kevin de Bryuynening kelishini muxlislar katta umid bilan kutishayotgani aniq.
Futbol ekspertlari va tahlilchilar ushbu bitimni “Napoli”ning transfer bozoridagi eng muvaffaqiyatli qadamlaridan biri deb atashmoqda. Tajribali yarim himoyachi Neapolda o‘zini qanday ko‘rsatadi, jamoaga qanday yangi ruh bag‘ishlaydi — buni vaqt ko‘rsatadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar