
15 iyundan boshlab Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati (FIFA Club World Cup) start oladi va unda Yevropaning eng kuchli klublaridan biri — “Manchester Siti” ham o‘z omadini sinab ko‘radi. Angliya grandi ushbu nufuzli musobaqa arafasida bosh murabbiy Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi futbolchilardan iborat kengaytirilgan qaydnomani e’lon qildi.
Ushbu ro‘yxatda jamoaning barcha asosiy yulduzlari qatorida o‘zbekistonlik yosh himoyachi Abduqodir Husanov ham o‘rin oldi. Bu o‘z-o‘zidan mamlakatimiz futbol jamoatchiligi uchun katta iftixordir, chunki Husanov kabi yosh iqtidor sohibi jahon futboli sahnasida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Gvardiolaning tanlovidan o‘rin olgan tarkibda 30 dan ortiq futbolchi joy olgan. Darvozabonlardan Markus Bettinelli, Stefan Ortega Moreno va asosiy posbon Ederson musobaqada jamoani himoya qiladi.
Himoya chizig‘ida Ruben Diash, Jon Stounz, Natan Ake, Yosip Gvardiol, Manuel Akanji, Riko Lyuis, Ayt-Nuri, Reys va e’tiborli tarzda Abduqodir Husanovga ham joy berildi.
Jamoaning yarim himoya qatorida Reynders, Dokyu, Rodrigo, Gyundogan, Bernardu Silva, Savino, Nunes, Cherki, Echeverri, Foden, Bobb, O'Reylli va boshqa bir qator iqtidorlar ishtirok etadi.
Hujum chizig‘ida esa muxlislarning eng katta e’tibor markazida bo‘lib kelayotgan Erling Holand va Mergan Mammush jamoa hujumini boshqarishi kutilmoqda.

Ayni paytda, mashhur ingliz futbolchisi Jek Grilish ro‘yxatdan o‘rin olmadi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Grilish tez orada “Manchester Siti”dan ketishi mumkin va bu uning transfer bo‘yicha keyingi faoliyati haqida turli mish-mishlarga sabab bo‘lmoqda.
Manchester Siti bu yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida asosiy favoritlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Gvardiola boshchiligidagi jamoa barcha frontlarda yuqori maqsadlar uchun kurash olib borishga tayyor ekanini tarkib orqali ham yana bir bor namoyish etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar