date
views 327

Koreyalik yovvoyi Kim Min Je “Al Nassr”da o‘ynashi mumkin

Koreyalik yovvoyi Kim Min Je “Al Nassr”da o‘ynashi mumkin
Yevropa futbolidagi eng kuchli markaziy himoyachilardan biri sanalgan Kim Min Jening kelajagi yaqin orada Saudiya Arabistonida davom etishi mumkin. Germaniya grandi “Bavariya” safida to‘p surayotgan Janubiy Koreya terma jamoasi a’zosi “Al Nassr” klubi diqqat markaziga tushdi va tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlangani haqida insayderlar xabar bermoqda.

Manbalarga ko‘ra, arab klubi 28 yoshli futbolchini xarid qilish uchun taxminan 40 million yevro sarflashga tayyor. Shu bilan birga, futbolchi bilan 3 yillik shartnoma tuzilishi ko‘zda tutilmoqda. Eng qizig‘i shundaki, Kim Min Je Saudiyaga ko‘chib o‘tishga rozilik bildirgan va yaqin kunlarda kelishuv rasmiylashishi mumkin.

Kim Min Je 2023 yili “Napoli”dan “Bavariya”ga qo‘shilgan edi va o‘tgan mavsumda 42 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Jismonan baquvvat, xavfni oldindan seza oladigan va xavfsizlikni kafolatlaydigan bu himoyachi hozirgi kunda bir necha top-klublarning diqqat markazida turibdi.

“Al Nassr” esa so‘nggi yillarda bir nechta yulduzlarni o‘z safiga qo‘shib, jahon futboli xaritasidagi nufuzini oshirishga intilmoqda. Agar ushbu transfer amalga oshsa, Kim Min Je Saudiya Pro-Ligasidagi navbatdagi yirik nomiga aylanishi kutilmoqda.

Uning potensial o‘yinidagi hamkorlar qatorida Krishtianu Ronaldu, Sadio Mane, Aymerik Lyaport kabi yulduzlar bor. Mazkur transfer nafaqat “Al Nassr”ning himoya chizig‘ini mustahkamlaydi, balki Saudiya chempionatiga bo‘lgan qiziqishni ham yanada oshiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Koreyalik yovvoyi Kim Min Je “Al Nassr”da o‘ynashi mumkin