
Ispaniyaning mashhur va sharafli klubi “Real Madrid” yosh va iqtidorli futbolchi Franko Mastantuono bilan rasman shartnoma imzoladi. Argentina futbolida tarbiyalangan, jahon maydonlarida o‘z so‘zini ayta oladigan bu iqtidor sohibi endi 2031 yilning 30 iyuniga qadar madridliklar sharafini himoya qiladi.
Mastantuononing “qaymoqranglilar” safiga qo‘shilishi ko‘plab futbol muxlislari va ekspertlarning katta e’tiborini tortdi. 17 yoshidayoq ulkan marralarni zabt etayotgan futbolchi 2019–2024 yillar oralig‘ida “River Pleyt”ning o‘smirlar va asosiy jamoalarida faol harakat qildi. 2024–2025 yilgi mavsumda u jamoaning asosiy tarkibida doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi va fevral oyida “River Pleyt” bilan Argentina Superkubogi sohibi bo‘lish sharafiga erishdi.
Yangi tarixga qadam qo‘ygan Franko Mastantuono Argentina terma jamoasining ham umidli vakillaridan biri sanaladi. U 17 yoshida rasmiy o‘yinda maydonga tushib, terma jamoa tarixidagi eng yosh futbolchi sifatida rekord qo‘ygan. Bu natija uning potensiali va irodasi qanchalik yuqori ekanini yaqqol ko‘rsatadi.

“Real Madrid” so‘nggi yillarda yosh futbolchilarni topib, ularga ishonch bildirish siyosatiga alohida e’tibor qaratayotgan klublardan biri. Franko Mastantuono kabi iqtidor egalarining Yevropa sahnasini zabt etish uchun bunday yirik klubni tanlashi tabiiy hol. Uning texnik mahorati, intellektual o‘yini va maydondagi harakatchanligi "Real" muxlislari orasida ham katta qiziqish uyg‘otdi.
Futbol jamoatchiligi ushbu yosh yulduzning “Santyago Bernabeu”dagi ilk qadamlarini intiqlik bilan kutmoqda. Franko Mastantuono kelgusida ham “Real Madrid” tarixida o‘z nomini zarhal harflarda yoza oladigan futbolchiga aylanishi mumkin. Undan katta umidlar bor va bu transfer madridliklar safida yangi yurishlar, katta g‘alabalar sari yo‘l ochishga xizmat qiladi.
Yangi davr boshlanmoqda: Franko Mastantuono bilan “Real” yanada yosharmoqda va yangi orzularga intilayotgani barchani hayajonga solmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing