
Amerika maydonlarida qizg‘in va ehtirosli ruhda o‘tayotgan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati–2025 (KO‘JCH-2025) musobaqasi har bir uchrashuvi bilan futbol olamida sensatsiyalarga sabab bo‘lmoqda. Navbatdagi to‘qnashuv "C" guruhi doirasida "Bavariya" va "Oklend Siti" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi va ushbu bahs muxlislar uchun haqiqiy gollar shousiga aylandi.
Myunxenning mashhur va tajribali "Bavariya" klubi raqibini maydonda to‘liq ustunlik bilan yengdi. Hisobdagi farq va hujumdagi samaradorlik jamoaning yuqori saviyasi va g‘alaba uchun qanday kayfiyatda ekanini ko‘rsatib berdi. Ushbu bellashuvda “Bavariya” futbolchilari raqib darvozasiga javobsiz naqd 10 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.
Gollar paradini 6-daqiqada Koman boshlab berdi. Ortidan Boe, Olise, yana Koman, Myuller va Oliselarning gollari muxlislar uchun haqiqiy bayram muhiti yaratdi. Ikkinchi taymda esa Musiala o‘z nomini yarqin harflarda yozdirdi — u nafaqat oddiy gollar, balki penaltidan ham aniq zarba bilan to‘p kiritdi. Myuller esa uchrashuv so‘nggida dubl qayd etdi.
"Bavariya" - "Oklend Siti" 10:0
Gollar: 6′ Koman, 18′ Boe, 20′ Olise, 21′ Koman, 45′ Myuller, 45+3′ Olise, 67′ Musiala, 73′ Musiala (penalti), 84′ Musiala, 89′ Myuller.
Myunxenliklar bu g‘alaba bilan nafaqat guruhda yetakchilikni qo‘lga kiritishdi, balki barcha muxlislar va futbol mutaxassislarini ajablantirishdi. "Oklend Siti" esa himoyada biroz bo‘shliq qoldirdi va bu “Bavariya” singari jamoaga qarshi kurashish qanchalik mushkul ekanini yana bir bor isbotladi.
KO‘JCH-2025da har bir o‘yin tomoshabinlar uchun kutilmagan syurpriz va sensatsiyalarga boy bo‘lmoqda. "Bavariya"ning ushbu yorqin g‘alabasi esa turnirdagi eng yorqin va muxlislar e’tiborini qozongan natijalardan biri bo‘lib qoldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar