
2024 yil aprelida Italiya poytaxtidagi derbilardan biri — “Roma” va “Latsio” o‘rtasidagi to‘qnashuv futbol muxlislari yodidan chiqmagan bo‘lishi aniq. Bu safar nafaqat gollar yoki dramatik vaziyatlar, balki ikki jamoa yetakchilari — Paulo Dibala va Matteo Genduzi o‘rtasidagi shiddatli bahs katta shov-shuvga aylandi.
Odatdagi “Rim derbisi” kuchli raqobat va qattiq to‘qnashuvlarga boy bo‘ladi. Bu gal esa, mojaro yanada yuqori nuqtaga chiqdi: "Latsio" yarim himoyachisi Genduzi "Roma"ning yulduz o‘yinchisi Dibalani tomog‘idan ushlab, uni tahqirlashga urinadi. Aynan shu paytda vaziyat keskinlashdi, futbolchilar orasida tortishuv boshlandi. Sheriklari ularni ajratib qo‘ydi, ikki futbolchi hakamga yaqinlashdi.
Boshqa qiziq jihati, Dibala o‘sha vaqtda o‘zining jahon chempionatidagi g‘alabasi aks etgan qalqon surati bilan “javob qaytargani” bo‘ldi. "Menda jahon kubogi bor" degan mazmundagi ishorasi, aslida, nafaqat Genduziga, balki butun Fransiyaga yo‘llangan kuchli javob edi. Chunki Argentina 2022 yilgi Jahon chempionati finalida Fransiyani mag‘lub etgani hamon muxlislar xotirasida.
Dibala podkastda ushbu mojaro haqida so‘z yuritar ekan, Genduzi tomonidan aytilgan haqoratli so‘zlarni ham oshkor qildi. Fransuz futbolchisi maydonda jamoadoshlariga "Men sizlarga chipta sotib olaman va uyingizga jo‘nataman" kabi so‘zlar bilan murojaat qilgan. Ayniqsa, argentinalik yosh futbolchi Sulega nisbatan “Argentinaga qaytasan” degan haqoratli gaplari Dibalani qattiq ranjitgan.
"Bu meni chindan ham g‘azablantirdi, maydonda unga javob berishni xohlaganman. Keyin esa qalqonimni ko‘tarib, unga jahon chempionatidagi yutug‘imni yodga soldim", — deb esladi Dibala. Ajablanarlisi, Genduzi bu ishoraga hech qanday javob bera olmagan.
Bu voqea Rim derbisini yanada yorqin va dramatik qildi, muxlislar orasida esa Dibalaning “simvolik javobi” internetda xitga aylandi. Ittifoqo, futbolda nafaqat to‘p, balki so‘z va ishoralar ham katta ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar