date

Lamin Yamal yozni kumiri Neymar bilan Braziliyada o‘tkazmoqda

Lamin Yamal yozni kumiri Neymar bilan Braziliyada o‘tkazmoqda
Kataloniyaning "Barselona" jamoasida va Ispaniya terma jamoasida porlab chiqayotgan yosh yulduz Lamin Yamal ta’tilni noodatiy tarzda o‘tkazishga qaror qildi. U yozgi dam olishning bir qismini Braziliyada o‘tkazish maqsadida Janubiy Amerikaga yo‘l oldi. Bu haqda Ge.globo nashri xabar tarqatdi.

17 yoshli hujumkor futbolchining asosiy maqsadi — bolalikdan kumiri hisoblangan Neymar bilan shaxsan uchrashish. Ma’lumki, Lamin Yamal "Barselona" safida o‘ynashni boshlagan ilk kunlaridanoq Neymarni o‘zining ideali, futboldagi ilhom manbasi sifatida ko‘rsatib keladi. Shu bois, uning Braziliyaga tashrifi nafaqat dam olish, balki bolalik orzusini ro‘yobga chiqarish uchun ham muhim voqea hisoblanadi.

Lamin Yamal yakunlangan mavsumda “Barsa” safida juda samarali o‘yin namoyish etdi: u barcha turnirlarda jami 55 uchrashuvda ishtirok etib, 18 ta gol urishga va 25 ta golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday ko‘rsatkich futbolda endigina porlayotgan yosh yulduz uchun ulkan yutuq sanaladi.

Neymar esa hozirda o‘zining vatan klubi “Santos”da faoliyat yuritmoqda. Yanvar oyidan beri u jamoa safida 14 marta maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 3 ta assistga mualliflik qildi. Garchi u endi 100 foiz formaga qaytmagan bo‘lsa-da, Neymar o‘z mahorati va ta’sirchan o‘yini bilan braziliyalik muxlislarni quvontirishda davom etmoqda.

Muxlislar esa endi Lamin Yamal va Neymarning uchrashuvidan hayratli fotosuratlar va ehtimoliy hamkorliklar kutishmoqda. Balki bu uchrashuv yosh talant uchun yanada yangi cho‘qqilarni zabt etishga ilhom manbai bo‘lishi ham mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lamin Yamal yozni kumiri Neymar bilan Braziliyada o‘tkazmoqda