
Saudiya Arabistonining yirik klublaridan biri — "An-Nasr" jamoasi bosh murabbiy lavozimiga jiddiy qidiruvlarni boshlagan. Joriy mavsumda milliy chempionatni uchinchi o‘rinda yakunlagan jamoa yangi rahbar bilan yanada yuqori maqsadlarga intilmoqchi.
Avvalroq, jamoa rahbariyati Italiya terma jamoasidan yaqinda ketgan mutaxassis Luchano Spallettiga rasmiy taklif bilan murojaat qilgani xabar qilingandi. Unga har mavsum uchun 18 million yevro maosh evaziga uch yillik shartnoma taklif etilgan. Ammo tajribali italiyalik bu taklifni rad etdi. Bu bilan "An-Nasr" rejalari biroz o‘zgardi.
Endi La Gazzetta dello Sport manbasi ma’lumotlariga ko‘ra, klubning asosiy e’tibori portugaliyalik Serjiu Konseysauga qaratilmoqda. 50 yoshli mutaxassis so‘nggi mavsumda "Milan" klubini yarim yil davomida boshqargan va yangi chaqiriqlarga ochiq ekani aytilmoqda.
Konseysauning "Portu" bilan yozgan muvaffaqiyatli tarixi va Yevropada orttirgan boy tajribasi "An-Nasr" rahbariyatini qiziqtirmoqda. Uning jamoani yuqori darajaga ko‘tarish salohiyati borligi ta’kidlanmoqda. Endilikda klub va mutaxassis o‘rtasida muzokaralar boshlandi va yaqin kunlarda qaror chiqishi kutilmoqda.
Ayni paytda jamoa tarkibida Krishtianu Ronaldu, Sadio Mane, Marselo Brozovich kabi yulduz futbolchilar borligi e’tiborga olinsa, bosh murabbiyni tanlashda "An-Nasr" o‘zini nafaqat mahalliy, balki xalqaro maydonda ham kuchli raqib sifatida namoyon etmoqchi.
Serjiu Konseysauning qaroridan keyin "An-Nasr" yangi bosqichga o‘tadimi — buni yaqin kunlar ko‘rsatadi. Zamin.uz sayti esa voqealar rivojini kuzatishda davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar