date

Gvardiola “Siti”ning Jahon chempionatidagi rotatsiyasi haqida gapirdi

Gvardiola “Siti”ning Jahon chempionatidagi rotatsiyasi haqida gapirdi
Kecha bo‘lib o‘tgan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining ilk bosqichida Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi Marokashning “Vidad” klubi ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Bu natija bilan “Siti” jamoasi musobaqadagi ilk uchrashuvini muvaffaqiyatli boshladi va navbatdagi bosqichga yaxshi kayfiyat bilan tayyorlanish imkoniga ega bo‘ldi.

Uchrashuvdan so‘ng, jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola o‘yin bo‘yicha o‘z fikrlarini jurnalistlar bilan o‘rtoqlashdi. U, ayniqsa, jamoadagi futbolchilar soni ko‘p ekanini va ularga yetakchi tarkibda o‘yin amaliyoti berish muhimligini alohida ta’kidladi:

— Futbolchilar ko‘p. Ular uzoq muddat jarohatdan so‘ng maydonga qaytishi bilan birga, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishlari zarur. Agar ular o‘ynamasa, qayd etish kerakki, hech qachon to‘liq formaga chiqa olishmaydi. Keyingi o‘yinda (“Al Ayn”ga qarshi) 10 nafar yangi futbolchini maydonga tushiramiz va g‘alaba uchun kurashni davom ettiramiz, — dedi Gvardiola.

Kataloniyalik mutaxassisning aytishicha, keng tarkib har bir futbolchiga rotatsiyada ishtirok etish va tajriba orttirish imkonini beradi. Jamoa chempionatdagi yurishini yanada kuchli davom ettirishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 2-turidagi navbatdagi uchrashuvini 23 iyun kuni tonggi soat 06:00 da BAAning “Al Ayn” klubiga qarshi o‘tkazadi. Bu bellashuvda Gvardiola yangi tarkibni sinashini va yangi g‘alaba uchun harakat qilishini ma’lum qildi.

Musobaqaning keyingi bosqichlarida ham “Siti” jamoasining rotatsiyasi, o‘yinchilarning amaliyoti va jamoa salohiyati muxlislar e’tiborida bo‘lib turibdi. Klubning yana qanday natijalar qayd etishi barcha ishqibozlar uchun qiziq.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola “Siti”ning Jahon chempionatidagi rotatsiyasi haqida gapirdi
-->