date

Mbappe karantinga olindi: “Real” yulduzi kasallandi

Mbappe karantinga olindi: “Real” yulduzi kasallandi
Kilian Mbappe kasallik sabab “Al-Hilal”ga qarshi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati birinchi tur o‘yinini o‘tkazib yubordi, deb euro-football.ru xabar berdi. “Real”ning yulduz hujumchisi hozirda izolyatsiyada bo‘lib, mehmonxona xonasidan chiqmayapti — u boshqa futbolchilarga yuqtirmaslik uchun ehtiyot choralarini ko‘rmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Mbappe kasallik va ishtahaning yo‘qolishi sababli o‘z ovqatlanish tartibini o‘zgartirgan. Unga alohida parhez tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, “Real” birinchi turda “Al-Hilal” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 22 iyun, yakshanba kuni “Pachuka”ga qarshi bahs bo‘lib o‘tadi. Mbappening shu kungacha tiklanishi hozircha noma’lum.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe karantinga olindi: “Real” yulduzi kasallandi