date

Inter Mayami Portuni 2:1 hisobida mag‘lub etdi

Inter Mayami Portuni 2:1 hisobida mag‘lub etdi
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasidagi bahsda “Inter Mayami” jamoasi “Portu”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu g‘alaba guruhda vaziyatni yanada keskinlashtirdi.

O‘yinning 8-daqiqasida Portu jamoasi futbolchisi Samu Arexova penaltidan hisobni ochdi. Biroq Inter Mayami jamoasi bunga javob qaytardi: Telasco Segovia 47-daqiqada, Lionel Messi esa 54-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Statistikaga ko‘ra, Portu ko‘proq zarba bergan (14), ammo Inter Mayami aniq zarbalarda ustunlik qilgan (5). To‘p nazorati bo‘yicha Portu ustun bo‘lsa-da, uch ochko AQSh klubiga nasib etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Inter Mayami Portuni 2:1 hisobida mag‘lub etdi