O‘zbek vunderkindi Yevropa klubiga o‘tadi

O‘zbek vunderkindi Yevropa klubiga o‘tadi
20 yoshli o‘zbek vingeri klubini almashtirish arafasida. Muhammadali Urinboev poytaxtning “Paxtakor” jamoasidan Belgiyaning “Antverpen” klubiga o‘tadi.

Hozirda klublar faol muzokaralar olib bormoqda. Urinboevning “Paxtakor” bilan shartnomasi 2025 yil oxirigacha amal qiladi. Ehtimol, belgiyaliklar futbolchi uchun kichik miqdorda kompensatsiya to‘laydi.

Ta’kidlash joizki, futbolchining bozor qiymati 450 000 yevroga baholanmoqda. Joriy mavsum Urinboev “Paxtakor” safida 14 o‘yinda beshta gol urdi va uchta golli pas berdi.

Manba: upl.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar