
Yevropa yozgi transfer bozorida qizg‘in muzokaralar davom etmoqda. Italiyaning mashhur "Milan" klubi Ispaniyada yorqin o‘yini bilan tanilgan yosh iqtidor egasi Xavi Gerrani o‘z safiga qo‘shib olish uchun jiddiy harakat qilmoqda. Medialarning yozishicha, "rossonerilar" "Valensiya" klubiga 22 yoshli yarim himoyachi uchun 16 million yevro va bonuslar sifatida yana 4 million yevro taklif qildi.
Biroq "Valensiya" rahbariyati ushbu taklifni rad etdi. Chunki klub o‘zining asosiy iste’dodlaridan biri bo‘lgan Gerra uchun kamida 30 million yevro atrofida mablag‘ so‘rayotgani ma’lum bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, agar transfer amalga oshsa, mazkur summadagi mablag‘ning 30 foizi futbolchining ilgarigi klubi "Vilyarreal"ga tegadi. Chunki Xavi 2019 yili yoshlar jamoasidan aynan "Valensiya"ga o‘tgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Milan" Gerra uchun muzokaralarni to‘xtatish niyatida emas. Klubning sport direktori va rahbariyati futbolchini sotib olish uchun ikkinchi va ancha yuqori taklifni tayyorlamoqda. Buning ortida Xavi Gerrani kelajakda jamoaning muhim figurasiga aylantirish rejasi ham yotadi.
E’tiborlisi, Xavi Gerra o‘tgan mavsum "Valensiya" tarkibida La Ligada 36 ta o‘yinda ishtirok etdi, 3 ta gol va 3 ta golli uzatma bilan o‘zini ko‘rsata oldi. Bu ko‘rsatkichlar yosh yarim himoyachi uchun katta natija bo‘lib, uning rivoji va salohiyatini yaqqol namoyon qilmoqda.
Ayni paytda futbolchi Ispaniya terma jamoasining yoshlar tarkibida Yevropa chempionatida ishtirok etyapti. Uning "Valensiya" bilan amaldagi shartnomasi esa 2027 yilgacha mo‘ljallangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar