
Futbol dunyosi yana bir karra argentinalik super yulduz Lionel Messining qarorini qiziqish bilan kuzatmoqda. Oxirgi kunlarda u haqda turli mish-mishlar tarqaldi – xususan, Saudiya Arabistoni klublaridan rekord darajadagi takliflar tushayotgani haqida xabarlar ko‘paygan edi. Biroq insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, Messi kelajagini aynan “Inter Mayami” bilan bog‘lashni ma’qul ko‘rmoqda.
37 yoshli maestro jamoada qolish va yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Ayni paytda ikki tomon o‘rtasida muzokaralar qizg‘in davom etmoqda – yangi bitim shartlariga ko‘ra, Messi 2026 yil dekabriga qadar klub sharafini himoya qilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2023 yilning yozidan buyon “Inter Mayami” safida to‘p surib kelmoqda. U jamoaga qo‘shilganidan beri, klubning ham, AQSH futboli muhitining ham qiyofasi sezilarli o‘zgardi. Mavsum davomida u barcha musobaqalarda 22 marta maydonga tushdi, 16ta gol va 6ta golli uzatma bilan yana bir bor o‘zining chempionlik xarakterini ko‘rsatdi.
Aniqlanishicha, Saudiya Arabistonidan bo‘layotgan moliyaviy jozibali takliflarga qaramay, Lionel Messi o‘zini Mayamidan topdi – u bu yerda nafaqat yangi muhit, balki jamoaning asosiy yetakchisi sifatida ham o‘ziga xos kayfiyatga ega bo‘ldi. Messi MLS tarixida eng mashhur va ta’sirli futbolchi sifatida nomi qolmoqda.
Messi va “Inter Mayami” hamkorligining yana ikki yilga uzayishi klubga ham katta umid va yangi maqsadlar bag‘ishlaydi. Jamoa Messining tajribasi, liderligi va gollariga tayanib, yangi yuqori marralar sari intiladi.
Ushbu qaror nafaqat Mayami muxlislari, balki butun AQSH futboliga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniq. Messining MLSda qolishi liga nufuzini yanada oshirishi, yangi yosh futbolchilar uchun katta maktab bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar