date

"Barselona" va "Real" transferlaridagi farq: Deku ochiqcha izoh berdi

"Barselona" va "Real" transferlaridagi farq: Deku ochiqcha izoh berdi
Yangilangan yozgi transfer oynasida Yevropaning ikki katta giganti – "Barselona" va "Real Madrid" o‘z strategik harakatlari bilan futbol olamining diqqat markazida qolmoqda. "Barsa"ning sport direktori Deku "La Vanguardia" nashriga bergan so‘nggi intervyusida ikki klubning transfer siyosatiga baho berdi va muxlislar uchun ko‘plab qiziqarli jihatlarga oydinlik kiritdi.

Avvalo, Deku "Real Madrid" yozda amalga oshirgan transferlarni e’tirof etdi. Xususan, himoyachi Din Xyuysen va dunyo futbolida o‘z o‘rnini topgan Trent Aleksander-Arnoldning jamoaga qo‘shilishi, shuningdek, yosh va iqtidorli Franko Mastantuono bilan shartnoma imzolangani madridliklarning yosharish va sifatli tarkib shakllantirish borasida jiddiy qadam tashlayotganidan darak beradi.

"Markaziy himoyachi Xyoysen juda yaxshi futbolchi. Aleksander-Arnold ham o‘z pozitsiyasida eng kuchlilardan biri. Ular madridliklar safida katta kuchga aylanadi", – deydi Deku.

Muxbirlar "Barselona" Mastantuonoga ham qiziqish bildirganmi, degan savolga quyidagicha javob oldilar: "Bizning vaziyatimiz "Real"nikidan ancha farq qiladi. Masalan, biz Vitor Rokeni xarid qilganimizda, Levandovski 34 yoshda edi. Kelajakni o‘ylab, yangi to‘purarni tarkibga qo‘shdik. Ammo ba’zida noto‘g‘ri tanlangan vaqt va sharoitlar rejalarni o‘zgartiradi".

Shu orqali, Deku "Barselona" va "Real" transfer siyosatlari o‘rtasidagi asosiy farqlarga urg‘u berdi. "Barsa" ko‘proq yoshlar va uzoq muddatli strategiyaga e’tibor qaratayotgan bo‘lsa, "Real" tajribali va iqtidorli yosh futbolchilarni bir vaqtning o‘zida jamoaga qo‘shib, chempionlik sari jiddiy intilayotganini ko‘rish mumkin.

Hozirda ikkala klub ham o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan va yangi mavsumda La Ligada raqobat kuchayishiga hech qanday shubha yo‘q. Muxlislar esa transferlar atrofidagi jarayonlarni qiziqish bilan kuzatib borishda davom etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Barselona" va "Real" transferlaridagi farq: Deku ochiqcha izoh berdi