
Lionel Messining jamoasi Inter Mayami va PSJ klublari Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 1/8 final bosqichida to‘qnashishi mumkin, deb euro-football.ru xabar berdi.
PSJ Seattle Sounders ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, B guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Ularning 1/8 finaldagi raqibi A guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoa bo‘ladi. Hozirda ushbu o‘rinda 4 ochko bilan Inter Mayami joylashgan.
Guruhdagi so‘nggi turda Inter Mayami Palmeiras bilan o‘ynaydi. Palmeiras ham 4 ochko to‘plagan. Agar Inter Mayami ikkinchi o‘rinda qolsa, 1/8 finalda PSJ bilan to‘qnashishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar