date

Ronalduning "An-Nasr"ida yangi davr: Jezush qaytishi mumkin

Ronalduning "An-Nasr"ida yangi davr: Jezush qaytishi mumkin
Saudiya Arabistonining mashhur klubi “An-Nasr”da muhim o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jamoa bosh murabbiyi Stefano Pioli rasman lavozimini tark etdi. Uning o‘rniga esa katta ehtimol bilan portugaliyalik tajribali mutaxassis Jorje Jezush tayinlanishi kutilmoqda.

Fransiya nashri FootMercato tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, klub rahbariyati 70 yoshli murabbiy bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Bu ma’lumotlar klub atrofidagi ishonchli manbalar tomonidan ham tasdiqlanmoqda.

Jezush bundan avval, ya’ni joriy yil may oyigacha “Al-Hilol” jamoasini boshqargan. Uning boshqaruvida ushbu klub 99 ta o‘yin o‘tkazib, shundan 80 tasida g‘alaba qozongan. 10 o‘yin durang bilan yakunlangan bo‘lsa, faqatgina 9 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan. Bu natijalar uni Saudiya futbolidagi eng muvaffaqiyatli mutaxassislardan biriga aylantirdi.

“An-Nasr” esa o‘tgan mavsumni Saudiya Arabistoni Pro-ligasida uchinchi o‘rinda yakunladi. Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi jamoa yuqori maqsadlar uchun kurashgan bo‘lsa-da, chempionlikni “Al-Ittihod”ga boy berdi. “Al-Hilol” esa ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Jorje Jezushning “An-Nasr”ga qaytishi klubni yangi bosqichga olib chiqishi mumkin. Uning Ronaldu bilan birgalikda ishlashi nafaqat taktik, balki marketing jihatdan ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Agar kelishuv amalga oshsa, “An-Nasr” yana bir bor titullar uchun jiddiy da’vogar sifatida maydonga tushishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronalduning "An-Nasr"ida yangi davr: Jezush qaytishi mumkin