
Futbol olamida yana bir katta voqelik sodir bo‘lishi mumkin: “Inter Mayami” yulduzi Lionel Messi Saudiya Arabistoni klublari bilan jiddiy muloqot olib bormoqda. Bu haqda taniqli jurnalist va insayder Sasha Tavoleri ijtimoiy tarmoqda xabar tarqatdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Messi Saudiya Pro ligasi vakillari hamda “Maxd” akademiyasi direktori Abdullo Hamad bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib bormoqda. Manbalarga ko‘ra, ikki tomon o‘rtasidagi muhokamalar juda jiddiy bosqichga yetgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Messi kelajakdagi klubini faqat o‘z xohishi asosida tanlamoqchi — qaror to‘liq uning qo‘lida.
Argentina terma jamoasi sardori Saudiya Arabistoni poytaxti Er-Riyad shahriga begona emas. U yerdagi hayot, maktablar va turarjoylar futbolchini chuqur taassurotga solgan. Bu esa unda yangi manzilga ko‘chish bo‘yicha ijobiy fikrlarni yanada mustahkamlashi mumkin.
Hozirda Lionel Messi AQSHning “Inter Mayami” klubi safida harakat qilmoqda. U faoliyati davomida “Barselona” bilan tarix yozdi, PSJ safida Yevropada to‘p surdi va Argentina terma jamoasi bilan 2022 yili jahon chempionligiga erishdi. Uning hisobida sakkizta “Oltin to‘p” sovrini bor — bu ko‘rsatkich bo‘yicha u futbol tarixida mutloq rekordchi hisoblanadi.
Katta ehtimol bilan, Messi kelajakdagi qarorini yaqin haftalarda e’lon qiladi. Uning Saudiya ligasiga o‘tishi nafaqat futbol, balki butun sport industriyasi uchun yangi davrni boshlashi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar