date

Gvardiola: Futbolchilarga dam berish kerak

Gvardiola: Futbolchilarga dam berish kerak
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola klublar o‘rtasidagi jahon chempionati vaqtida futbolchilarga dam olishga ruxsat berishini aytdi.

"Men shunday qaror qildim, biz bu yerga klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida musobaqalashish va yaxshi mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun keldik, lekin bo‘sh vaqtda to‘liq dam olishni istayman. Agar ular golf o‘ynashni istasa – marhamat, golf o‘ynashsin! Agar plyajga bormoqchi bo‘lishsa – borsin! Agar basseynda bo‘lishni, oilalari bilan vaqt o‘tkazishni xohlasalar va biz ularga dam olish kuni bera olsak – bo‘lsin dam olish kuni! Aks holda, ularga ruhiy tomondan juda og‘ir bo‘ladi.

Biz ajoyib joyda turibmiz, shu bois turli tadbirlarni birga yoki ba'zida yolg‘iz o‘tkazyapmiz – faqat mashg‘ulotlarga kelish uchun, ayniqsa o‘yin kunlari. Biz o‘yindan 3–4 kun oldin ortiqcha kuch sarflashni istamaymiz, chunki bu yerda issiqlik va namlik sharoitida juda og‘ir bo‘ladi. Biz mavsumni tugatdik va qaytadan boshladik, shuning uchun sport formasini yo‘qotganimiz yo‘q.

Gap shundaki, biroz dam olish, zavqlanish kerak, chunki oldimizda 11 oylik mavsum turibdi, har 3–4 kunda o‘yin bo‘ladi. Shuning uchun men qaror qildim: “Yigitlar, xohlaganlaringni qilinglar” – shunda siz o‘yinlarga tayyor bo‘lasiz va o‘zingizni a’lo darajada his qilasiz", – dedi Pep Gvardiola.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola: Futbolchilarga dam berish kerak