date

Maksim Shatskix: "G‘alabani xohlagandek, yutdik — xursandman"

Maksim Shatskix: "G‘alabani xohlagandek, yutdik — xursandman"
Superliganing 14-turidan o‘rin olgan “Xorazm” – “Andijon” (2:3) uchrashuvidan so‘ng muxlislar kutgan matbuot anjumani ham bo‘lib o‘tdi. Unda “Burgutlar” bosh murabbiyi Maksim Shatskix ishtirok etib, jamoa o‘yini va natija borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Uchrashuv muxlislar uchun maroqli bo‘lganini his qildim. Har ikki jamoa jonbozlik bilan harakat qildi. O‘yinning oxirgi daqiqalari ayniqsa qizg‘in kechdi. Yigitlarimizning xarakter namoyon etgani esa alohida e’tiborga loyiq, — deya so‘z boshladi Shatskix.

— Hisobni tenglashtirib olganimizdan keyin jamoa ruhan va jisman g‘alaba uchun kurashishni davom ettirdi. Futbolchilarning yuzida va harakatlarida g‘alabaga bo‘lgan chanqoqlik ko‘rinib turdi. Ular bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz shart ekanini qalban his qilishdi.

Shu bilan birga, murabbiy jamoadagi kamchiliklarni ham tan oldi:

— Yo‘q, barchasi ajoyib desam, haqiqatdan uzoqlashgan bo‘laman. Aynan shunday oddiy vaziyatlarda darvozaga gol o‘tkazib yubormasligimiz kerak. Futbol bu emotsiya, lekin himoyada xato qilishga hech qanday bahona yo‘q. Ayniqsa, uchrashuv so‘ngidagi hayajonli pallalarda biz yanada sovuqqon bo‘lishimiz shart.

— Hozircha kamchiliklarimiz bor, lekin ular ustida jiddiy ish olib boryapmiz. Har bir bellashuvdan saboq chiqarib, yaxshiroq natijalarga erishishni maqsad qilganmiz, — deya fikrini yakunladi Shatskix.

“Andijon” jamoasi g‘alabasi bilan nafaqat ochkolarga ega bo‘ldi, balki muxlislar qalbidan ham o‘rin egalladi. Murabbiyning bu so‘zlari esa jamoa kelajagi uchun ishonch uyg‘otadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix: "G‘alabani xohlagandek, yutdik — xursandman"