
Angliya chempionatidagi eng ko‘p muhokama qilingan mavzu – Jek Grilishning “Manchester Siti”dagi o‘rni va o‘yin amaliyotining kamayishi bo‘lmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola esa bu vaziyatga shaxsan o‘zi nuqta qo‘ydi.
“Grilishning kam o‘ynayotgani sababi – men. U haqiqiy mahorat sohibi va uning o‘tgan mavsumdagi hissasi katta bo‘ldi. Trebl g‘alabasi usiz amalga oshmagan bo‘lardi. Biroq hozir jamoamizda Doku kabi yosh va shiddatli futbolchilar bor, u ko‘p o‘yinlarda o‘zini ko‘rsata oldi. Savio ham bor iqtidorini namoyish qilmoqda,” – dedi Gvardiola.
Murabbiyning ta’kidlashicha, asosiy tarkib uchun raqobatning yuqori ekani futbolchini ruhlantiradi, barqaror rivojlanish uchun yangi omillar paydo qiladi. Grilish esa har kuni asosiy jamoaga qaytish uchun mehnat qilmoqda.
Jek Grilish o‘tgan mavsumda “Siti” safida barcha turnirlarda 32 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta assist bilan jamoaga hissa qo‘shgan. Ammo bu ko‘rsatkichlar uning imkoniyatlarini to‘liq aks ettirmaydi, deb hisoblaydi Gvardiola.
Ta’kidlash joiz, “Manchester Siti”da hozirgi kunda jamoadagi raqobat darajasi yuqori. Doku va Savio kabi yangi qo‘shilgan futbolchilar asosiy tarkib uchun jiddiy raqobatchiga aylangani sabab, Grilish ham yangi mavsumda o‘z o‘rni uchun kurashni davom ettirishi kerak bo‘ladi.
Muxlislar esa ushbu ichki raqobat jamoaning umumiy salohiyatiga ijobiy ta’sir qilishini va Jek Grilish yana asosiy rolda ko‘rinishini kutmoqda. Gvardiolaning e’tirofiga qaraganda, Grilishning qobiliyati va tajribasi klub uchun hamon muhim ahamiyatga ega. Yangi mavsumda uning qayta yorqirashi uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Jamoa ichidagi raqobat – chempionlik sari olib boruvchi asosiy omillardan biri. “Siti” esa aynan shunday muhitda yana yangi zafarlarga intilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar