
Jahon Klub Chempionati doirasida jamoalarning hozirgi daromadlari ma’lum bo‘ldi, deb Euro-football.ru xabar berdi.
Eng ko‘p daromad qayd etgan jamoa — “Manchester Siti” bo‘lib, u 51,7 million dollar ishlab topdi. Ikkinchi o‘rinda esa “Real Madrid” — 48,4 million dollar.
Uchinchi o‘rinni “Bavariya” egallab, 45,1 million dollar ishlab topgan. Shuningdek, kuchli beshlikdan “PSJ” — 42,8 million dollar va “Chelsi” — 40,5 million dollar joy oldi.
Yevropaliklar orasida pley-offga chiqqan jamoalardan eng kam daromadga ega bo‘lgani — “Yuventus”, u 26,6 million dollar bilan umumiy reytingda 13-o‘rinni egallagan.
Sovrin puli orqali olinadigan daromad musobaqaning keyingi bosqichlariga chiqqan sayin ortib boradi. Jahon Klub Chempionatining finali 13 iyul sanasiga belgilangan. Bu musobaqa jahon futbolining eng kuchli jamoalarini jamlagan va daromadlar ularning maydondagi yutug‘iga bevosita bog‘liq.
Musobaqa davomida jamoalarning moliyaviy ko‘rsatkichlari yanada oshishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar