
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining pley-off bosqichidan o‘rin olgan PSJ - "Inter Mayami" uchrashuvi yakunlandi. Luis Enrike boshchiligidagi parijliklar "Inter Mayami" ustidan 4:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Bellashuvning 5-daqiqasidayoq Joau Nevesh hisobni ochgan edi. 39-daqiqaga kelib esa yana portugaliyalik yarim himoyachi gol urib, dublni rasmiylashtirdi. Birinchi bo‘limning 44-daqiqasi o‘tib borayotgan bir paytda Hakimining qanotdan uzatgan pasi Avelasga tegib, darvoza to‘ridan joy oldi. Shuningdek, marokashlik fulbek ham 45+3-daqiqada o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ 5 iyul kuni soat 21:00 da "Flamengo" - "Bavariya" g‘olibi bilan chorak finalda to‘qnash keladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar