date

Vlaxovich “Yuventus”dan ketishga tayyor – xaridorlar kutilmoqda

Vlaxovich “Yuventus”dan ketishga tayyor – xaridorlar kutilmoqda
Turinning mashhur klubi “Yuventus” tarkibida bu yozda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Jamoaning asosiy hujumchilaridan biri – Dushan Vlaxovich allaqachon shaxsiy buyumlarini yig‘ishtirib, yangi manzil kutmoqda. Bu haqda futbol jurnalisti Nikolo Skira xabar berdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, klub va futbolchi o‘rtasidagi munosabatlarga nuqta qo‘yilgan, ya’ni tomonlar yangi mavsumni birga boshlash niyatida emas. Hozir esa asosiy masala – unga munosib jamoa topish.

“Yuventus” rahbariyati Vlaxovichni yozda qimmat emas, 20 million yevro atrofidagi summaga sotishga tayyor ekani aytilmoqda. Biroq bu o‘rinda asosiy to‘siq – serbiyalik to‘purarning maoshi. U hozirda yiliga 12 million yevro maosh olmoqda va bu miqdor ko‘plab klublar uchun jiddiy moliyaviy yuk bo‘lib turibdi.

Futbolchi Turkiya va Saudiya Arabistonidan tushgan takliflarni rad etgan. U Yevropaning yuqori darajadagi ligalarida qolishni va raqobatbardosh jamoada o‘ynashni afzal biladi. Shu sababli, uning keyingi manzili “top-5” ligalardan biri bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Vlaxovichning amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, bu kelishuvning faqat bir yili qolgani – transferni qulay narxda amalga oshirish uchun muhim omil hisoblanadi. Agar “Yuventus” uni yozda sotmasa, kelasi yili uni erkin agent sifatida qo‘ldan boy berish xavfi bor.

Shu bilan birga, futbolchiga “Arsenal” va “Chelsi” kabi Premer-liga jamoalari qiziqish bildirgani haqida ham turli manbalarda ma’lumotlar tarqalgan. Ammo ularning aniq qadam tashlagani hozircha kuzatilmayapti.

Ehtimol, ushbu masala avgust oyining so‘ngi haftalariga yaqinlashib, katta qaror qabul qilinadi. Xuddi o‘tgan yili Federiko Keza bilan bo‘lganidek, klub oxirgi paytgacha intizor bo‘ladi, ammo natijasi nima bilan yakun topadi – hozircha noma’lum.

“Yuventus” esa, yangi rejalar asosida o‘z safini yangilashga urinayotgan bir paytda, Vlaxovich kabi yulduz futbolchini naqd pulga aylantirish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmoqchi emas. Muxlislar esa uning kelajagini katta qiziqish bilan kuzatmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vlaxovich “Yuventus”dan ketishga tayyor – xaridorlar kutilmoqda