21:55 / 03.12.2016
5 617

«Chelsi» safarda «Manchester Siti» ustidan irodali g‘alabaga erishib, peshqadamlikni mustahkamlab oldi

«Chelsi» safarda «Manchester Siti» ustidan irodali g‘alabaga erishib, peshqadamlikni mustahkamlab oldi

Angliya chempionati 14-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” – “Chelsi” o‘yini o‘z poyoniga etdi. Unda London klubi 3:1 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvning 45-daqiqasida Xesus Navasning uzatmasidan keyin Gari Keyxill o‘z darvozasiga gol kiritdi.

Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida Diego Kosta hisobni tenglashtirdi. 10 daqiqadan keyin Villian hisobni oshirdi. O‘yin yakunida Azar uchinchi gol bilan “Chelsi”ning g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Shundan keyin "Manchester Siti" futbolchilarini asablari tarang bo‘lib ketdi. Natijada Serxio Aguero qo‘pol o‘ynagani uchun, Fernandino esa Fabregas bilan tortishgani uchun maydondan chetlatildi.

Mazkur o‘yindan keyin Antonio Konte jamoasi ochkolari hisobini 34 taga etkazib, peshqadamlikni saqlab qoldi. “Manchester Siti” 30 ochko bilan uchinchi o‘rinda qolib ketdi.

Angliya chempionati, 14-tur

Manchester Siti – Chelsi 1:3
Gollar: 1:0 – 45, avtogol Keyxill, 1:1 – 60 Diego Kosta, 1:2 – 70 Villian, 1:3 – 90 Azar.
Manchester Siti – Bravo, Otamendi, Stounz (Ixeanacho, 78), Kolarov, Sane (Klishi, 69), Fernandino, Silva, Navas, Gyundogan (Ture, 76), de Bryuyne, Aguero.
Chelsi – Kurtua, Keyxill, David Luiz, Alonso, Aspilikueta, Kante, Mozes, Pedro (Villian, 50), Fabregas, Azar, Diego Kosta (Chaloba, 86).
Ogohlantirishlar: Otamendi (17), Kante (49), Navas (81).
Chetlatishlar: Aguero (90+5), Fernandino (90+7)

Manba: www.fut.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Chelsi» safarda «Manchester Siti» ustidan irodali g‘alabaga erishib, peshqadamlikni mustahkamlab oldi