22:28 / 03.12.2016
6 088

O‘zbekistonlik bodibilder Tailanddagi jahon birinchiligida oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik bodibilder Tailanddagi jahon birinchiligida oltin medalni qo‘lga kiritdi

29 noyabrdan 5 dekabrgacha Pattaye (Tailand) bodibilding va fitnes bo‘yicha VIII jahon chempionati (8th WBPF World Championships 2016) bo‘lib o‘tadi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bodibilding va fitnes federasiyasi.

2 dekabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi vakili Pavel Umurzakov 40−49 yoshdagi 23 nafar sportchi orasida «bodibilding ustasi» toifasida eng yaxshi deb topildi. Bu O‘zbekiston tarixida bodibilding bo‘yicha jahon chempionatining birinchi «oltin»i hisoblanadi.

Pavel Umurzakov -bodibilding va fitnes bo‘yicha 2014 va 2016 yillardagi amaldagi mutlaq chempion, ikki karra Osiyo chempioni, 2016 yilgi jahon chempioni.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik bodibilder Tailanddagi jahon birinchiligida oltin medalni qo‘lga kiritdi