date

Pol Pogba Monakoda shartnoma imzolab yig‘lab yubordi

Pol Pogba Monakoda shartnoma imzolab yig‘lab yubordi
Fransuz yarimhimoyachisi Pol Pogba “Monako” klubi bilan shartnoma imzolagan paytda ko‘z yoshlarini qanday sababdan to‘kkanini tushuntirdi, deb Euro-football.ru xabar berdi.

Futbolchi shartnoma imzolashdan oldin yig‘lab yuborgan. “Mening yig‘layotganimni juda kam ko‘rish mumkin, shuning uchun umid qilamanki, bu sizga ta’sir qildi.

Ongimda ko‘plab tasvirlar paydo bo‘ldi. Biz doping bilan bog‘liq tariximni, jarohatimni bilamiz… shu onda ularning barchasi yodimga tushdi va his-tuyg‘ularimni nazorat qila olmadim”, — deya futbolchining so‘zlarini Get French Football News keltirmoqda.

U shuningdek, bu ko‘z yoshlar quvonchdan ekanini va o‘sha lahza uning hayotidagi juda muhim voqea bo‘lganini aytib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, klub Pogba bilan ikki yillik shartnoma tuzgan.

Fransuz futbolchisi 2023 yildan beri maydonga chiqmagan, u antidoping qoidalarini buzgani uchun 18 oyga diskvalifikatsiya qilingan edi. Uning oxirgi klubi Turinning “Yuventus” jamoasi bo‘lgan.

Fransiya terma jamoasi safida Pogba 2018 yilgi jahon chempioni hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pol Pogba Monakoda shartnoma imzolab yig‘lab yubordi