date

“Inter” jamoasi fransuz hujumchisini sotib oldi

“Inter” jamoasi fransuz hujumchisini sotib oldi
Italiyaning “Parma” klubida to‘p surgan hujumchi Anj-Yoan Bonni yangi jamoaga o‘tdi. 21 yoshli fransiyalik futbolchining yangi manzili Milanning “Inter” klubi bo‘ldi. Bu haqda “Neradzurri” klubining matbuot xizmati ma’lum qildi, deb Euro-football.ru xabar berdi.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida futbolchining transferi Milan klubi uchun 23 million yevro atrofida bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Bonni “Inter” bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.

Bonni 2021 yildan buyon “Parma” jamoasida faoliyat yuritdi. U jami 117 o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 12 ta golga uzatma berdi.

O‘tgan mavsum yakunida Milan jamoasi Italiya chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Yangi futbolchining jamoaga qo‘shilishi “Inter” jamoasi kuchayishida muhim omil bo‘lishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Inter” jamoasi fransuz hujumchisini sotib oldi