date

O‘zbekiston terma jamoasi Nepalni mag‘lub etib, Osiyo chempionatiga chiqdi

O‘zbekiston terma jamoasi Nepalni mag‘lub etib, Osiyo chempionatiga chiqdi
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Nepal ayollar terma jamoasi bilan o‘yinning asosiy vaqtida 3:3 hisobida durang o‘ynadi. Har ikki jamoaning guruhda to‘plagan ochkolari va to‘plar nisbatiga ko‘ra ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lgani sababli penaltilar seriyasi orqali guruh g‘olibi aniqlandi.

Penaltilar seriyasida yurtdoshlarimiz 4:2 hisobida raqibidan ustun kelishib 9 ochko bilan guruh g‘olibligini va 22 yillik tanaffusdan so‘ng Osiyo Chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

2026-yilgi ayollar Osiyo kubogi "F" guruhi saralash uchrashuvi
"Bunyodkor" stadioni, 20:30

O‘zbekiston — Nepal 3:3 (4:2)
Penaltilar seriyasi: 4:2
Gollar
: Diyoraxon Xabibullayeva 2', Lyudmila Karachik 11', Maftuna Shoyimova(penalti) 39', Sabitra Bxandari 24', 70', 71'.

O‘zbekiston: 1. Maftuna Jonimqulova, 7. Nilufar Qudratova, 9. Feruza Turdiboyeva, 10. Diyoraxon Xabibullayeva, 11.Maftuna Shoyimova, 15. Umida Zoirova, 16. Zarina Mamatkarimova, 17. Lyudmila Karachik, 19. Nozimaxon Ergasheva, 22. Sevinch Kuchkarova, 21. Leyla Oraniyazova.

Zaxira: 2. Madina Hikmatova, 3. Laylo Tilovova, 4. Shodiya Tosheva, 5. Ruhshona O‘sarova, 6. Holida Dadaboyeva, 12. Kumushoy G‘ulomova, 13. Zarina Saidova, 14. Omina Valixanova, 18. Dilnura Mamatqulova, 20. Kamila Zaripova, 23. Asalxon Aminjonova.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi Nepalni mag‘lub etib, Osiyo chempionatiga chiqdi