Ispaniya moliya vazirligi «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduni soliqlardan bo‘yin tovlagani haqidagi xabarlarni o‘rganib chiqadi va surishtiruv o‘tkazadi. Bu haqda AS nashri Ispaniya Moliy ishlari bo‘yicha davlat kotibi Xose Enrike Fernandes de Moyiga asoslanib xabar bergan.
U portugaliyalik futbolchiga nisbatan olib boriladigan surishtiruv adolatli va xolis bo‘lishi hamda professional tarzda olib borilishi haqida gapirdi.
«Ispaniya soliq idoralarida haqiqiy professionallar ishlamoqda. Bu surishtiruv Ispaniyaning boshqa har qanday fuqarosiga nisbatan olib boriladigan ish kabi o‘tkaziladi», degan Moyya.
Avvalroq, Germaniyaning Spiegel nashri Mendesh ishlab chiqqan sxema bo‘yicha Ronalduning 150 mln evro soliqni yashirgani haqida xabar qilgandi.
Shuningdek, nemis nashrining taxmin qilishicha, bu sxemaga ko‘ra, Mourino ham 12 mln evro miqdordagi soliqni yashirishda ishtirok etgan.
2009 – 2014 yillar davomida Ronaldu Britaniya Virginiyasi orollarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Tollin kompaniyasi orqali 74,8 mln evro daromadni o‘tkazgan va Ispaniya xazinasiga faqat qisman soliq to‘laganligi haqida aytilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Raqamli dalillarni sudga taqdim etish tartibi tasdiqlandi
Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi