
Inter Mayami jamoasining hujumchisi Lionel Messi yaqinda bo‘lib o‘tgan chempionat o‘yinida ajoyib natija ko‘rsatdi, deb xabar berdi Euro-football.ru.
Yakshanba kuni “Tsapli” jamoasi Monrealni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. 38 yoshli futbolchi bu o‘yinda 3 ta golga bevosita ta’sir ko‘rsatdi — u ikki gol urdi va yana bir golga assistentlik qildi.
MLS ligasi matbuot xizmatiga ko‘ra, argentinalik yulduz Messi ushbu turda eng yaxshi o‘yinchi deb topildi. Joriy mavsumda Messi 14 ta o‘yinda 12 ta gol urib, 6 ta golga pas berdi.
U MLSda ketma-ket 3 ta o‘yinda kamida 2 martadan gol urishga erishdi. Shu hafta chorshanba kuni Moskva vaqti bilan soat 02:30 da Inter Mayami New Ingland Revolyushn jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Ushbu o‘yin futbol muxlislari uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda. Messi va uning jamoasidan navbatdagi o‘yinda ham yuqori darajadagi futbol kutilyapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar