
Angliyaning mashhur klubi “Tottenhem” rasman yaponiyalik markaziy himoyachi Kota Takai bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagani haqida xabar berdi. Kelishuv shartlari bo‘yicha 20 yoshli futbolchi 2030 yilgacha London klubi sharafini himoya qiladi.
Takai — Yaponiyaning “Kavasaki Frontale” klubi tarbiyalanuvchisi. U 17 yoshidayoq asosiy jamoada debyut qilgan va o‘tgan davr mobaynida barcha musobaqalarda 81 marta maydonga tushib, 4 ta gol muallifiga aylangan. E’tiborlisi, u jamoasining Osiyo chempionlar ligasi finaliga chiqishiga katta hissa qo‘shgan.
2024 yil sentyabr oyida Yaponiya milliy terma jamoasi safida ilk marta harakat qilgan Takai hozirgacha 4ta o‘yinda qatnashdi. Transfermarkt sayti ma’lumotlariga ko‘ra, uning transfer bahosi 2,5 million yevroni tashkil etadi.
“Tottenhem”ning bu qadami klubning yosh va istiqbolli futbolchilarga bo‘lgan e’tibori yana bir bor tasdig‘ini topmoqda. Kota Takai uchun esa — Yevropada o‘zini ko‘rsatish, yangi bosqichga ko‘tarilish imkoniyati. Muxlislar endi uning Premer-ligadagi debyutini intiqlik bilan kutmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar