date

Rodrigo “Real Madrid”dan ketadimi? “Arsenal” finish chizig‘ida qolmoqda

Rodrigo “Real Madrid”dan ketadimi? “Arsenal” finish chizig‘ida qolmoqda
“Real Madrid” safida so‘nggi mavsumlarda o‘ziga xos o‘yini bilan muxlislar qalbidan joy olgan braziliyalik hujumchi Rodrigo jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda bir qator Yevropa OAVlari xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining xizmatlariga “Bavariya”, “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va ayniqsa “Arsenal” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbalarga ko‘ra, aynan “Arsenal” transfer poygasida peshqadam hisoblanmoqda.

“Qirollik klubi” esa Rodrigoni 80 million yevrodan kam bo‘lmagan summaga sotishni rejalashtirgan. Bu narxga qaramay, bir nechta klublar hozirdan muzokaralarni boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, Rodrigo o‘tgan mavsum “Real” safida 54 ta uchrashuvda qatnashib, 14 ta gol va 11 ta assistga mualliflik qilgan. Uning universal pozitsiyadagi o‘yin uslubi va texnik mahorati ko‘plab klublar e’tiborini tortgani ajablanarli emas.

Futbolchi kelajagi haqida hozircha rasmiy bayonot yo‘q. Ammo Yevropa transfer oynasi qizg‘in pallaga kirmoqda. Rodrigoning yangi manzili juda tez orada aniq bo‘lishi mumkin.

Siz nima deb o‘ylaysiz? Braziliyalik yulduz qaysi klubda o‘zini to‘liq namoyon eta oladi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rodrigo “Real Madrid”dan ketadimi? “Arsenal” finish chizig‘ida qolmoqda