
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yarim finalida “Real Madrid”ga qarshi bo‘ladigan muhim to‘qnashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, “Real”ni tahlil qilish oson emas, chunki klubda taktik jihatdan yangilanish jarayoni ketmoqda. “Bu – boshqacha 'Real'. Endi ularda yangi murabbiy, yangi yondashuv bor. Albatta, Xabi Alonso kuchli jamoa qurish niyatida. Ularda individual mahorati yuqori futbolchilar ko‘p”, – dedi Enrike.
Shu bilan birga, Enrike o‘z jamoasining o‘yinga to‘liq tayyor ekanini ta’kidladi: “Real bilan to‘qnashuv turnirda yuqori bosqichga chiqib kelayotganimizni ko‘rsatadi. Bunday bahslarda motivatsiya alohida kuchga aylanadi.”
PSJ murabbiyi o‘z qanot himoyachilariga ham alohida to‘xtaldi: “Ashraf Xakimi – men boshqargan eng zo‘r qanot himoyachilaridan biri. Nunu Mendesh esa chap qanotda jahon darajasidagi o‘yin namoyon etmoqda.”
Endi barcha nigohlar 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan ushbu yirik to‘qnashuvda – PSJ va “Real” o‘yinida. Bu bahs g‘olibi finalga yo‘l oladi.
Siz nima deb o‘ylaysiz: Enrike shogirdlari “Real”ni mag‘lub etishga tayyormi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar