
O‘zbekistonning "Andijon" klubi ikkinchi davra arafasida tarkibini jiddiy kuchaytirishga kirishdi, deb xabar berdi championat.asia. Jamoa yozgi transfer oynasida Polsha futbolida tajriba orttirgan markaziy himoyachi Kristian Novakni o‘z safida ko‘rishga qaror qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1994 yilda tug‘ilgan va 1.88 sm bo‘yga ega Novak o‘z karyerasi davomida Polshaning bir qator taniqli klublarida, shuningdek, "Xart of Midlotian" (Shotlandiya), "Panionis" (Gretsiya), "Slaven" (Xorvatiya), "U Kluj" (Ruminiya), "Bogemian" (Irlandiya) va "Jenis" (Qozog‘iston) jamoalarida faoliyat olib borgan. Uni katta maydonlar va turli chempionatlarda orttirgan tajribasi "Andijon"ning yangi mavsumdagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Bugun, 9 iyul kuni Novak "Jenis" bilan amaldagi shartnomasini yakunlab, erkin agent maqomini qo‘lga kiritdi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, himoyachi hozirda 150 ming yevro baholangan va bu "Andijon" uchun moliyaviy jihatdan ham samarali transfer bo‘lishi mumkin.
Ekspertlar ta’kidlashicha, Novakning katta tajribaga ega bo‘lishi jamoa himoyasi uchun muhim ustunlik bo‘ladi. Muxlislar esa, polyak himoyachisining o‘zbek chempionatida qanday o‘yin namoyon etishini katta qiziqish bilan kutmoqda.
Zamin.uz esa, ichki transferlar, yangi kelishuvlar va milliy chempionatdagi eng so‘nggi yangiliklar haqida o‘z o‘quvchilarini tezkor va xolis ma’lumotlar bilan ta’minlashda davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar