date

Luis Enrike: "Real"ga qarshi o‘yinlar menga katta ishtiyoq beradi"

Luis Enrike: "Real"ga qarshi o‘yinlar menga katta ishtiyoq beradi"
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim finalidagi “Real”ga qarshi bo‘lajak to‘qnashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Enrike nafaqat raqibni yuqori baholadi, balki shaxsiy his-tuyg‘ularini ham yashirmadi.

- “Real” bilan o‘ynash – men uchun doim alohida zavq. Chunki futbol tarixida “Qirollik klubi”dek muvaffaqiyatli jamoa yo‘q. Bu kabi raqibga qarshi bahs har bir murabbiy uchun sharaf, – dedi Enrike matbuot anjumanida.

Shu bilan birga, u o‘zining “Barselona”ga bo‘lgan muhabbatini ham yashirmadi: “Men “Barsa”ga sodiqman va aynan shu sababli “Real”ga qarshi bahslar menga ikkilanmas zavq baxsh etadi.”

Ma’lumot uchun, PSJ va “Real” o‘rtasidagi muhim to‘qnashuv bugun tungi soat 00:00da start oladi. G‘olib jamoa finalga yo‘l oladi.

Siz nima deb o‘ylaysiz: Enrike “Barsa” ruhida “Real”ni to‘xtata oladimi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike: "Real"ga qarshi o‘yinlar menga katta ishtiyoq beradi"