
"Inter Mayami" jamoasi yulduzi Lionel Messi rekordlar yo‘lida yana bir yuqori cho‘qqini zabt etdi. Payshanba kuni bo‘lib o‘tgan MLS bahsida u "Nyu-Inglend Revolyushn" darvozasiga ikki bor to‘p kiritdi. Bu gollardan biri uzoq masofadan yo‘llangan zarba orqali amalga oshdi.
E’tiborlisi shundaki, AlbicelesteTalk nashri yozishicha, Messi endi futbol tarixida jarima maydoni tashqarisidan to‘g‘ridan to‘g‘ri jarima zarbalari bo‘lmagan holda 100 ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Uning ushbu ko‘rsatkichi butun dunyo futbol tarixida tengsiz hisoblanadi.
Joriy mavsumda Lionel Messining hisobida 14 ta gol bor. U hozircha to‘purarlar ro‘yxatida "Neshvill" jamoasi hujumchisi Sem Sarridjdan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Sarridjning hisobida esa 16 ta gol mavjud.
38 yoshli argentinalik futbolchi har bir o‘yinda o‘z uslubi va tajribasi bilan muxlislarni hayratda qoldirmoqda. Uning harakatlari nafaqat "Inter Mayami" jamoasini, balki butun MLS chempionatini yangi bosqichga olib chiqmoqda.
Messi o‘z faoliyati davomida ko‘plab rekordlarga erishgan bo‘lsa-da, bu galgi natija futboldagi yana bir tarixiy burilish sifatida qayd etilmoqda. Uning maydondagi faoliyati hali uzoq yillar muxlislar xotirasida saqlanishi aniq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar