
Londonda yozgi transfer oynasi navbatdagi sensatsiya bilan boshlandi — "Arsenal" klubi "Chelsi"ning yosh va iqtidorli hujumkor futbolchisi Noni Madueke bilan shartnoma imzolash arafasida, deb xabar berdi insayder Fabritsio Romano. Kelishuv umumiy qiymati 60 million yevro atrofida baholanmoqda, bu esa yangi mavsumda "Arsenal"ning hujum potensialini yanada oshirishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 23 yoshli angliyalik futbolchi 2023 yilning qishida PSVdan "Chelsi"ga ko‘chib o‘tgan edi. Shu qisqa muddat ichida Madueke APL va Yevropa musobaqalarida o‘zini faol va hujumkor o‘yinchi sifatida namoyon etdi. U bu vaqt mobaynida 92 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol va 10 ta assistga mualliflik qildi. Bu ko‘rsatkichlar undagi ustuvor hujum salohiyatini yaqqol namoyon etmoqda.
Ta’kidlash joiz, "Arsenal" so‘nggi yillarda yosh va texnik jihatdan yetuk futbolchilarni tarkibga jalb etish siyosatiga amal qilmoqda. Klub murabbiylar shtabi Maduekeni yangi mavsumda jamoa hujumida asosiy kuchlardan biriga aylanishiga ishonmoqda. London klubi rahbariyati esa bu transfer orqali chempionlik uchun yanada jiddiy kurash olib borishga intilayapti.
Futbol ishqibozlari orasida bu transfer katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘pchilik Maduekeni "Arsenal"ning yangi davriga kuchli ta’sir qila oladigan yulduz sifatida ko‘ra boshladi. Shu bilan birga, "Chelsi" ham o‘z safini yangilash va transferdan olingan mablag‘ni jamoani kuchaytirishga yo‘naltirishi mumkin.
Bugungi kunda transferlar bozorida katta raqobat kuzatilmoqda va har bir yo‘nalishda jiddiy harakatlar olib borilmoqda. "Arsenal"ning Madueke bilan shartnoma imzolashi — bu klub tarixidagi navbatdagi katta sahifalardan biriga aylanishi mumkin.
Noni Madueke yangi jamoasi safida qanday natijalar qayd etadi va "Arsenal"ning chempionlik sari harakatiga qanday ta’sir qiladi? Yangi mavsum muxlislar uchun qiziqarli kutilmalarga boy bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar