date

FIFA reytingida O‘zbekiston yuqorida, Qozog‘iston pastga tushdi

FIFA reytingida O‘zbekiston yuqorida, Qozog‘iston pastga tushdi
FIFAning yangilangan reytingida O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘istondan yuqori o‘rinni egalladi, deb UPL.uz xabar berdi.
Futbol bo‘yicha xalqaro federatsiya (FIFA) reytingida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 55-o‘ringa ko‘tarildi. Bu bilan jamoa ikki pog‘ona yuqorilab, Osiyoda 6-o‘rinni egalladi.

Qo‘shni Qozog‘iston esa bir pog‘ona pastlab, 114-o‘ringa tushdi. Ular hozirda Vetnam (113-o‘rin) va Madagaskar (115-o‘rin) jamoalari orasida joylashgan.

Qozog‘istonlik futbol ishqibozlari ushbu holatdan norozilik bildirmoqda. Ularning fikricha, O‘zbekistondan ortda qolish qabul qilib bo‘lmaydigan holat bo‘lib, futbol sohasida katta islohotlar zarur.

Avvalroq Qozog‘istonda O‘zbekiston Jahon chempionatiga Osiyoda o‘ynagani uchun chiqmoqda, chunki Osiyoda raqobat nisbatan past, degan iddaolar ilgari surilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA reytingida O‘zbekiston yuqorida, Qozog‘iston pastga tushdi